Asosiy matnga oʻtish

Sohalar

Bir mavzudagi loyihalar koʻpayib, ularni guruhlash kerak boʻlsa, sohalardan foydalaning.

Bosh ekranda «Mening loyihalarim» yonidagi «Plyus» tugmasini bosing va «Yangi soha»ni tanlang.

Yangi soha qoʻshing
Yangi soha qoʻshing

Soha nomini kiriting va «Soha yaratish» tugmasini bosing. Soha yaratildi!

Yangi soha nomi
Yangi soha nomi

Mavzusi, muhimligi yoki boshqa belgisiga koʻra guruhlamoqchi boʻlgan loyihalarni sohaga sudrab oʻtkazing.

Guruhlamoqchi boʻlgan loyihalarni sohaga sudrab oʻtkazing
Guruhlamoqchi boʻlgan loyihalarni sohaga sudrab oʻtkazing

Soha nomini bosing – soha loyiha, uning ichidagi loyihalar esa kichik loyihalar sifatida koʻrinadigan sahifa ochiladi. Sohada ham vazifa yaratish mumkin (vidjet yoki «Plyus» tugmasi bilan).

Soha – kichik loyihalari bor yuqori darajadagi loyiha
Soha – kichik loyihalari bor yuqori darajadagi loyiha

Sohani qanday qayta nomlash yoki oʻchirish

«Sohani qanday qayta nomlash yoki oʻchirish» boʻlimi

Sohani sozlash mumkin: tishli gʻildirakni bosing va soha nomini oʻzgartiring yoki uni oʻchiring. Sohadagi loyihalar guruhdan chiqariladi, lekin ulardagi maʼlumotlar saqlanib qoladi.

Sohani qayta nomlang yoki oʻchiring
Sohani qayta nomlang yoki oʻchiring

Ushbu maqoladan tashqari, kanalimizda sohalar bilan ishlash haqidagi qisqa video sharhni koʻrishingiz mumkin (rus tilida).