Vazifani qayta ochish
Bajarilgan vazifani istalgan ijrochi yoki muallif qayta ochishi mumkin.
Agar vazifani ijrochi qayta ochsa, u shu ijrochi va muallif uchun qayta ochiladi. Agar muallif qayta ochsa – hamma uchun.
Vazifani qayta ochish uchun bosh ekrandagi «Bajarilganlar» jildiga yoki loyiha ichidagi bajarilgan vazifalar roʻyxatiga oʻting va vazifa yonidagi katakchadan belgini olib tashlang.

Vazifa avval kiritilgan barcha maʼlumotlari bilan oʻsha loyihada qayta ochiladi.
Vazifaning bajarilish tarixi (jumladan qayta ochish) vazifa kartasidagi «Tarix va izohlar» blokida koʻrsatiladi.