1-usul. Vidjet orqali
Tezkor qoʻshish vidjeti – ekran pastidagi «Vazifa qoʻshish» satri – hamma joyda ishlaydi va istalgan loyiha yoki boʻlimda tezda vazifa yaratish imkonini beradi.
Vidjetni qanday ochish
«Vidjetni qanday ochish» boʻlimiLoyihani yoki «Barchasi», «Kiruvchi», «Bugun», «Ertaga», «Keyingi 7 kun» boʻlimlaridan birini oching va ekran pastidagi «Vazifa qoʻshish» satrini bosing.

Vazifani qanday toʻldirish
«Vazifani qanday toʻldirish» boʻlimiVazifa maʼlumotlarini kiriting:
- Vazifa matnini yozing;
- Kalendar belgisini bosing, rejalashtirilgan sana va vaqtni tanlang, kerak boʻlsa takrorlashni sozlang. Vaqt belgilagan boʻlsangiz, vazifani har kuni, har hafta, har oy yoki har yili takrorlanadigan qilish mumkin;

- Muddat* belgilang – vazifa bajarilishi kerak boʻlgan yakuniy sana: kalendar oynasidagi «Muddat» yorligʻi;
- Qisqichni bosing va fayllar* biriktiring. Bitta fayl 20 MB gacha boʻlishi mumkin, jami 10 tagacha fayl biriktirish mumkin;
- Vazifa muhimligini* belgilang – Past, Oʻrta, Yuqori;
- Vazifa uchun loyiha tanlang – sukut boʻyicha vazifa «Kiruvchi» shaxsiy loyihasiga saqlanadi, shaxsiy vazifaning ijrochisi esa – siz;

- Ijrochini tanlang – sukut boʻyicha bu siz. Guruh loyihasidagi vazifada loyiha aʼzolaridan ijrochini tanlang yoki istalgan miqdorda ijrochi* tayinlang;
- Vazifani loyihaga yuborish uchun strelkani bosing. Yangi vazifa oʻz loyihasida – «Kiruvchi»da yoki guruh loyihasida paydo boʻladi.

* – imkoniyat faqat PRO tarifida mavjud